Va nihoyat, bugun null va undefined o’rtasidagi farq bo’yicha aniq bir to’xtamga kelamiz.

null va undefined :

Ikkalasi ham qiymat yo’qligini bildiradi. Ikkalasi ham “falsy” qiymatlar hisoblanadi. Ikkalasini solishtirganda (==) ular teng chiqadi:

null == undefined  // true 

Biroq, ikkalasi o’rtasida yaxshigina farqlar bor:

undefined - “aniqlanmagan” Bu qiymat Javascript tomonidan avtomatik tarzda beriladi, agar o’zgaruvchiga hech qanday qiymat belgilanmagan bo’lsa.

let a;
console.log(a); // undefined

null - “bo’sh qiymat” Bu esa biz tomondan ya’ni dasturchi tomonidan “bu yerda hech narsa yo’q” deb atayin belgilangan qiymat.

let b = null
console.log(b) // null

Bu yerda b ga ataylab null berilgan ya’ni bu o’zgaruvchi hozircha bo’sh degani, lekin keyinchalik qiymat berilishi mumkin.

Demak, asosiy farqlari:

image.png

image.png

<aside> ❓

Hop, Javascript qachon atvomatik tarzda undefined qiymat belgilaydi?

</aside>

  1. O’zgaruvchi shunchaki e’lon qilinganda:
let x;
console.log(x); // undefined
  1. Objectda mavjud bo’lmagan property chaqirilganda: